1

3 kishini poezd tomida Rossiya hududiga olib kirmoqchi bo`lgan shaxsga hukm o`qildi

Dunyo 29.11.2019, 11:16
3 kishini poezd tomida Rossiya hududiga olib kirmoqchi bo`lgan shaxsga hukm o`qildi

Rossiyaning Orenburg viloyati Sol—Ilesk tuman sudi tomonidan 32 yoshli O`zbekiston fuqarosiga nisbatan ochilgan jinoyat ishi bo`yicha hukm chiqarildi. Bu haqda Orenburg viloyati prokuraturasi xabar berdi.

O`zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining 322,1 (xorijiy fuqarolarning Rossiya Federasiyasiga noqonuniy kirishi va ularning noqonuniy qolishini tashkil etish) moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sud O`zbekiston fuqarosining joriy yilning oktyabr oyida 2400 AQSh dollari evaziga uch nafar hamyurtiga «Andijon—Moskva» yo`nalishidagi poezdda Rossiyaga kirishini tashkil etganini aniqladi.

Qayd etilishicha, poezd xodimi migrantlarni plastkard vagonlarning birida tom ostidagi bo`lmaga yashirgan. Ular Orenburg viloyatidagi bojxona nazorati postida poezdning tomi ostidagi bo`lmasida yashirinib olgan vaqtlarida qo`lga olingan. Rossiya chegarachilari tomonidan poezd mutasaddisi ham qo`lga olinib, unga nisbatan ish ochilgan va 6 oylik qamoq jazosi tayinlangan.

Qayd etilishicha, ushbu o`zbekistonlik migrantlarga Rossiyaga kirish uchun taqiq o`rnatilgan, shu sababli noqonuniy yo`l bilan bo`lsada, ish qidirib chet elga ketishga majbur bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1