1

Qirg`iz dostoni “Manas” endida o`zbek tilida nashr etildi

Madaniyat 29.11.2019, 23:34
Qirg`iz dostoni “Manas” endida o`zbek tilida nashr etildi

29 noyabr kuni Qirg`iziston Respublikasining Osh shahrida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining o`rinbosari Kamola Akilova TURKSOY Xalkaro tashkiloti kengashining navbatdagi yig`ilishida ishtirok etmoqda.

Mazkur tadbir joriy yilning 29 noyabridan 1 dekabr kuniga qadar davom etadi.

Dastur asosida kengashning ilk kunida “Manas” eposi dostonining o`zbek tiliga tarjima qilingan kitobi taqdimoti bo`lib o`tdi.

Manas eng katta qirg`iz dostonidir, unda qirg`izlarni birlashtirgan qaxramoni Manasdir. Manas YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonalari ro`yxatiga kiritilgan. Ginnesning rekordlar Kitobiga dunyodagi eng katta doston sifatida kiritilgan. U juda ko`p tillarga tarjima qilingan, endilikda u o`zbek tilida ham nashr etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1