AsosiyDunyo

Hindistonlik shifokorlar bemordan 7, 4 kilogramm gigant buyrakni olib tashlashdi

'Hindistonlik shifokorlar bemordan 7, 4 kilogramm gigant buyrakni olib tashlashdi'ning rasmi

O`tgan oyda Hindistonlik jarrohlar 56 yoshli bemor tanasidan bovling to`pi bilan bir xil og`irlikdagi buyrakni olib tashladi. Bu haqda tarjimon.uz  arabnews.com tayanib xabar bermoqda. 7,4 kilogramm tosh bosgan buyrak inson tanasidan olib tashlangan eng og`ir a`zolaridan biri bo`ldi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bemor tanasida genetik kasallik bo`lgan. Shuning uchun buyrak kattalashib uning hayotiga xavf solayotgan edi.

“Bu juda katta  buyrak qorinning yarmini egallagan edi.  Biz uning katta ekanligini bilardik,  ammo bunday og`ir bo`lishini hech o`ylamaganmiz”,  dedi jarrohlik guruhining a`zosi Sachin Kathuria. Uning aytishicha, olib tashlangan gigant buyrakning uzunligi deyarli 45 santimetr edi.

Ma`lumot uchun, odam organizmidagi buyrakning o`rtacha og`irligi 120 dan 150 grammgacha va uzunligi 12 santimetr bo`ladi.

2017 yilda  Dubayda o`tkazilgan operasiyada odam ta`nasidan olib tashlangan eng katta buyrak 4,25 kg tosh bosgan va bu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi.

    Boshqa yangiliklar