AsosiyDunyo

Mashhur aktrisa noma`lum shaxslar tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklandi

'Mashhur aktrisa noma`lum shaxslar tomonidan shafqatsizlarcha kaltaklandi'ning rasmi

Nyu-York shahrida 15 nafar noma`lum shaxs aktrisa Jennifer Agostinini shafqatsizlarcha do`pposladi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 43 yoshli aktrisa dugonasi Prendinellis Garsiya bilan birga Manxettendagi klublardan birida dam olayotgan bo`lgan. Ikkalasi klubni tark etayotganda, ularga 10-15 kishi atrofidagi noma`lum shaxslar hujum qilgan. Guruh a`zolari ayollarni haqoratlay boshlagan va shavqatsizlarcha do`pposlagan.

Hodisa oqibatida Agostini yuzining bir necha joyidan jarohatlangan. Aktrisaning ta`kidlashicha, mart oyida u bir katta loyihada bosh rolni o`ynashi kerak. Shuning uchun endilikda u tashqi qiyofasini tiklash uchun bir nechta plastik jarrohlik amaliyotidan o`tishi kerak bo`ladi.

Ma`lumot o`rnida: aktrisa Jennifer Agostini “Joshua daraxti” va “Qiynoqlar kamerasi” filmlaridagi rollari bilan tanilgan.

Boshqa yangiliklar