AsosiyJamiyat

Chirchiqda yonib ketgan "COBALT" mashmashasi osonlikcha yakun topmadi

'Chirchiqda yonib ketgan "COBALT" mashmashasi osonlikcha yakun topmadi'ning rasmi

 

Bundan olti oy muqaddam Chirchiq shahrida o`z-o`zidan yonib ketgan COBALT avtomashinasi xususida O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi ma`lumot bergan va bir qancha sa`y-harakatlardan so`ng iste`molchiga javobgar “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ tomonidan to`qson etti million to`rt yuz to`qson etti ming uch yuz sakson so`m miqdorda kompensasiya undirilishi to`g`risida sud qaroriga erishilgani xususida xabar bergan edi

Buni qarangki, bu muammo shu bilan yakun topmadi. “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ rahbariyati ushbu qarordan norozi bo`lib O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida murojaat qilgan. 

2019 yil 11 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ tomonidan nazorat tartibida berilgan shikoyat ko`rib chiqildi va quyidagicha ajrim qildi.

“Javobgar “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ rahbarining shikoyati bo`yicha sud hujjatini nazorat tartibida qayta ko`rish uchun asoslar mavjud emas deb topilsin. 

”Bundan tashqari “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJdan davlat daromadiga 3.899. 896 (Uch million sakkiz yuz to`qson to`qqiz ming sakkiz yuz to`qson olti so`m) davlat boji undirilishi ham sud qarorida keltirib o`tildi. 

 

Boshqa yangiliklar