AsosiyDunyo

Amerika siyosati tarixidagi eng buyuk firibgarlik

'Amerika siyosati tarixidagi eng buyuk firibgarlik'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp 4 dekabrga belgilangan impichment bo`yicha eshituvlarda ishtirok etmaydi.

Bu boradagi maktubni Oq uy yuridik maslahatchisi Pet Chipollone AQSh Kongressi Vakillar palatasining sud qo`mitasi raisi Jerrold Nadlerga yubordi, deyiladi “CNN” xabarida.

“Guvohlar ismi aytilmagunga qadar, shuningdek sud qo`mitasi prezidentga nisbatan adolatli jarayon ta`minlanishi noaniqligicha qolayotgani tufayli biz eshituvlarda ishtirok eta olmaymiz. Hozirgi vaziyatda chorshanba kungi eshituvlarda ishtirok etmoqchi emasmiz“, deyiladi Chipollone maktubida.

Maktubda qayd etilishicha, sud qo`mitasining majlisi Tramp Londonda NATO sammitida ishtirok etayotgan bir vaqtda bo`lib o`tadi. Chipollonening bayonotiga ko`ra, demokratlar “ataylab“ shu sanani tanlashgan.

Ma`lumot o`rnida, Donald Trampning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilgani impichmentga sabab bo`lmoqda.

Tramp Ukraina prezidentiga go`yoki o`zining siyosiy raqibi Jo Baydenga nisbatan Ukrainadagi tergov harakatlari tiklanishi yuzasidan bosim o`tkazgan.

Sud qo`mitasining 4 dekabr kungi majlisida Trampga impichment e`lon qilish uchun konstitusiyaviy asoslar bor yoki yo`qligi jumladan, uning xatti-harakatlari AQSh Konstitusiyasida belgilab qo`yilgan jinoyatlarga mos kelish yoki kelmasligi muhokama qilinadi.

Buning uchun Kongressga yuristlar, konstitusion huquq bo`yicha ekspertlar taklif qilingan.

Tramp demokratlar tomonidan qo`yilayotgan ayblovlarni inkor etib, o`ziga nisbatan joriy qilinayotgan impichment jarayonini “Amerika siyosati tarixidagi eng buyuk firibgarlik“ deya ta`riflamoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar