“Uyimizga kirishib, mening barcha qimmatbaho narsalarimni, zargarlik taqinchoqlarimdan tortib eng yaxshi kiyimlarimgacha hammasini olib ketishibdi. Ularni shu paytgacha mehnat qilib yiqqan edim. Hammasi izsiz yo`qoldi”, deb yozadi u o`zining Instagram-akkauntida.
Ha, shunaqa, dunyodagi eng mashhur bloger, PewDiePie taxallusi bilan tanilgan Feliks Chelbergning uyiga noma`lum shaxslar o`g`irlikka tushgan. The Daily Dot manbasining yozishicha, jinoyatchilar uning turmush o`rtog`i – bloger Marsiya Chelberg (Bizonin)ga tegishli ko`plab buyumlar va narsalarni ham o`marib ketishgan.
Marsiya Chelberg bulardan tashqari ham uning ko`plab ajoyib va muhim narsalari borligi, o`g`irlangan buyumlar bor-yo`g`i moddiy boylik ekanligini aytsa-da, baribir, ro`y bergan voqeadan shokda ekanligini bildirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda er-xotin blogerlarning muxlislari ularga dalda beradigan so`zlar yozishmoqda.
Xususan, ulardan biri o`g`rilarni “chiqindilar” deb atagan bo`lsa, boshqasi juftlikka xususiy detektiv yollashni, hududdagi lombardlarni tekshirishni tavsiya qilgan. Zero, zargarlik buyumlari va boshqa narsalarning shunday joylarda sotilishi ehtimoli katta ekan.
Ma`lumot uchun, 30 yoshli Feliks Chelberg dunyodagi taniqli YouTube-blogerdir. Uning obunachilari soni 102 milliondan oshadi. Feliks tomoshabinlar soni bo`yicha faqat Hindistonning T-Series musiqa korporasiyasi kanalidan keyingi o`rinda turadi. U Shved Minecraft hamda turli o`yinlar bo`yicha videoroliklari bilan tanilgan.