AsosiySport

O`zbekiston amputantlar terma jamoasi bosh murabbiyi olamdan o`tdi

'O`zbekiston amputantlar terma jamoasi bosh murabbiyi olamdan o`tdi'ning rasmi

O`zbekiston amputantlar terma jamoasining 4 karra jahon chempioni unvoniga sazovor bo`lishiga hissa qo`shgan bosh murabbiy Rustam Kariev 68 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabari xabar qildi.

Rustam Kariev 1951 yil 15 yanvarda Surxondaryo viloyatida tug`ilgan. O`rta maktabni tugatgach, harbiy sohada faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha ko`tarilgan.

1988 yilda esa Afg`onistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron bo`lib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998 yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga o`zgartirildi.

Shu vaqt davomida “Baynalminal” jamoasi 11 karra Rosiiya ochiq chempionati g`olibi, ko`p bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi a`zolari tashkil etgan O`zbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati g`olibligini qo`lga kiritadi.

Rustam Karievning mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yo`lidagi xizmatlari mamlakat tomonidan munosib rag`batlantirilgan holda “Do`stlik” ordeni va qator yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Boshqa yangiliklar