Farg`ona—Vodil, Farg`ona—Avval yo`llarida avval mavjud bo`lib, keyinchalik Prezidentning postlarni olib tashlash kerakligi haqidagi buyrug`i bilan faoliyati to`xtatilgan nazorat postlari qayta tiklandi.
Viloyatlar o`rtasidagi postlarning yo`q qilinishi haqida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 22 dekabrda parlamentga yo`llagan murojaatnomasida ma`lum qilgandi. Bu kabi postlar odamlarning harakatini cheklashi, shuningdek, iqtisodiyot hamda ichki va tashqi turizmning rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi ta`kidlangandi.
Hukumatdagi manbalar ushbu ma`lumotni tasdiqladi. Haqiqatan ham Farg`ona—Vodil, Farg`ona—Avval yo`llaridagi postlar qayta tiklangan. Postlar 22 dekabrgacha faoliyat yuritadi, saylovdan so`ng postlar yana tugatiladi. Ushbu postlarni qo`riqlash Milliy gvardiya va DXX xodimlariga topshirilgan.