AsosiyDunyo

“Vikipedia” o`rniga “Buyuk Rossiya Ensiklopediyasi”ni yaratish taklif qilinmoqda

'“Vikipedia” o`rniga “Buyuk Rossiya Ensiklopediyasi”ni yaratish taklif qilinmoqda'ning rasmi

O`tgan oyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin onlayn ensiklopediya hisoblanuvchi “Vikipedia”ni ishonchsiz deb atagan va uning o`rnini bosadigan boshqa onlayn ensiklopediya yaratish kerakligini taklif qilgandi. Bu haqda reuters.comga tayanib xabar berildi.

«Bu,  zamonaviy shaklda taqdim etiladigan ishonchli ma`lumotlar bazasi bo`ladi»,  deb aytgan Rossiya Prezidenti.

Endilikda Rossiya o`zining milliy ensiklopediyasi uchun yangi veb-sayt yaratmoqchi.  Hukumat qarorida aytilishicha, bu orqali odamlar «ilmiy tasdiqlangan bilim manbalari asosida doimiy ravishda yangilanib turadigan ishonchli ma`lumotlarni» topishlari mumkin bo`ladi.

2015 yilda Rossiya giyohvand moddalar bilan bog`liq saytlarni ta`qiqlovchi qonunchilikka binoan “Vikipedia”ning rus tilidagi versiyasini bloklagan edi. Chunki unda nasha o`simligi to`g`risidagi ma`lumotlar mavjud bo`lgan.

21 noyabr kuni TASS axborot agentligi tarqatgan xabarga ko`ra,  yangi ruscha portal uchun 2 milliard rubl (31 million dollar) miqdorida mablag` sarflanadi. Shuningdek, hukumat qarorida qayd etilishicha,  “Buyuk Rossiya Ensiklopediyasi” uchun milliy ilmiy-tadqiqot markazi ham tashkil qilinadi.

Boshqa yangiliklar