1

Quvurni yashirincha teshib neft mahsulotlarini o`g`irlayotganlar qo`lga tushdi

Jinoyat 03.12.2019, 13:46
Quvurni yashirincha teshib neft mahsulotlarini o`g`irlayotganlar qo`lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Muborak tumani hududida harakatlanayotgan Koson tumanida yashovchi B.Norboev boshqaruvidagi maxsus sisternali “KAMAZ” rusumli avtomashinada 29 tonna 560 litr neft mahsuloti borligi aniqlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida “Shirinbuloq” YPX maskanida to`xtatilgan Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi X.Shirinov boshqaruvidagi maxsus sisternali yuk avtomashinasida 44 tonna 980 litr neft mahsuloti borligi ham ma`lum bo`ldi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida fuqarolar Norboev va Shirinov Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi D.Umarov va Buxoro viloyati Buxoro tumanida yashovchi I.Ubaydovlar bilan oldindan til biriktirgan holda ushbu neft mahsulotlarini Muborak tumanida joylashgan “O`rta buloq” koni hududidan o`tgan quvurni yashirincha teshib, qo`lbola moslama yordamida olganliklari aniqlandi.

Yana bir holatda esa Chiroqchi tumani “Umakay” YPX maskanida Qashqadaryo viloyati G`uzor tumanida yashovchi Sh.Bo`riev boshqaruvidagi “Kamaz” avtomashinasi to`xtatildi. Tekshiruv davomida Bo`riev hamda uning sherigi V.Yo`ldoshev 16 tonna 647 litr neft mahsulotini hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlandi.

O`tkazilgan tadbirlar jarayonida jami 91 tonnadan ziyod neft mahsulotlarining noqonuniy o`zlashtirilishiga chek qo`yildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1