AsosiyJamiyat

O`zbekistonga qaytishni istaganlar orasida Rossiyadan bo`lgan murojaatlar etakchilik qilmoqda

'O`zbekistonga qaytishni istaganlar orasida Rossiyadan bo`lgan murojaatlar etakchilik qilmoqda'ning rasmi

 

Xorijda ishlab yurgan o`zbekistonliklarning vatanga qatishlarida ko`maklashilayotganiligi bo`yicha ma`lumot berildi.

Unga ko`ra, 2019-yil 1-yanvardan 1-noyabrgacha “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi tomonidan 381 ta ariza qabul qilingan. Murojaatlarda 885 nafar yurtdoshimizni Vatanga qaytarish so`ralgan bo`lib, shulardan 584 nafar vatandoshimizga amaliy yordam ko`rsatilgan. Tahlillarga ko`ra, Istiqbolli Avlod ijtimoiy markaziga eng ko`p Rossiya Federasiyasidan 4179 marta qo`ng`iroq bo`lgan.
Keyingi o`rinda Qozog`iston Respublikasi turibdi. U erdan 2192 marta telefon orqali murojaat qabul qilingan. Murojaatchilarning 65 foizi mehnat eksplutasiyasiga to`g`ri kelmoqda. 15 foizi migrantlar ish haqi bo`yicha,10 foizi jinsiy zuravonlikka uchragan hamyurtlarimizdir. 

Ma`lumot uchun: hozirda “Xotin-qizlarga nisbatan zo`ravonlikka qarshi 16 kun” Xalqaro aksiyasi o`tkazilmoqda. 

“Agar sizda ham shunga o`xshash muammo yoki murojaat bo`lsa 71 254 12 87 ishonch telefoniga qo`ng`iroq qilishinggiz mumkin” , — deya ta`kidladi “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi xodimi Nodira Karimova.

 

Boshqa yangiliklar