Umraga borgan 14 o`zbekistonlik nega qaytarib yuborildi?

Dunyo 03.12.2019, 19:12
Teglar: Umra, o`zbekistonlik
Umraga borgan 14 o`zbekistonlik nega qaytarib yuborildi?

Yurtimizda Umra ziyoratiga borishga ko`maklashuvchi turfirmalar faoliyati yo`lga qo`yilgan. Biroq, ular orasida muqaddas ziyorat ortidan mo`may daromad topish maqsadida odamlarni aldayotganlar ham uchrab turibdi. Masalan, joriy yilning 26 noyabr kuni Andijon viloyatida joylashgan turistik firmalardan biri tomonidan Jidda shahriga yuborilgan 14 nafar o`zbekistonlikning vizasi qalbaki bo`lib chiqdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy qo`mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu turfirma 14 nafar o`zbekistonlik ziyoratchilarga qalbaki vizalarni rasmiylashtirgan va Saudiya Arabistoniga yuborgan. Saudiya Arabistoni chegara xizmatining ma`lum qilishicha, ularning vizasi bekor qilinib, mamlakatga kiritilmasdan deportasiya etilgan. 

Jidda shahridagi Bosh konsulxona va “O`zbekiston havo yo`llari” AKning Saudiyadagi vakillari bilan hamkorlikda holat yuzasidan barcha zaruriy tashkiliy tadbirlar amalga oshirilib, 27 noyabr kuni “Jidda-Toshkent” aviaqatnovi bilan yuqoridagi 14 nafar fuqaro O`zbekistonga qaytarilgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1