Bugungi kunda shou biznes vakillarining ijodi, hayoti, turmush tarzi bilan bog`liq bo`lgan eng so`nggi va tezkor ma`lumotlardan Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali bohabar bo`lib borar ekanmiz kuni kecha estradamizning yorqin yulduzi, har bir harakati halqning e`tiboridan chetda qolmaydigan Munisa Rizaevaning oppoq kelinlik libosida tushgan fotosuratlarini ko`rganlar darholda tabriklashga tushishdi.
Hatto, Munisaning to`yi bo`libdi, deganlar ham bo`ldi. Albatta, ayrimlar unga baxt tilashdi, ayrim jaxli chiqqan ashaddiy muxlislar ham bo`ldi. Yana kimdir bu gaplarga ishonmay kinoga yoki klipga suratga tushayotgan bo`lsalar kerak degan fikrlarni ham bildirishdi.
Yana bir ma`lumot sevimli xonandangizdan ketma-ket ajoyib syurprizlarni qarshi oling. Ulardan biri “Qalbim navosi” nomli ilk konsert dasturining diski sotuvga chiqqani bo`lsa, keyingisi yangi raqsbop tarona ekan. Yuz foiz jonli ijroga e`tiborini qaratgan va o`z ustida ishlashdan sira-sira charchamaydigan Munisa yangi yo`nalishda, sho`x qo`shiq yaratmoqda. Uni yaqin kunlarda o`z muxlislariga taqdim etadi, qolaversa “Afsona” taronasiga ishlangan videomahsulot ham tayyor holga keldi.
manba: popcorn.uz





