9-14 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova jonli ijroda “Sizni sog`indi yurak” deb nomlangan konsert dasturini namoyish etadi, deb yozmoqda 12news.uz.
Mazkur konsert haqida ommaviy axborot vositalari vakillariga batafsil ma`lumot berish maqsadida xonanda 3 fevral kuni Temiryo`lchilar madaniyat saroyida matbuot anjumani tashkil etishni rejalashtirgan. Matbuot anjumanida konsert repertuari, yangi ijrolar, ijodiy hamkorlar borasidagi barcha savollarga javob topish mumkin.
Hozircha konsertda Gulsanam Mamazoitovaning shogirdi, “Nihol” mukofoti laureati Malika Egamberdieva ishtirok etishi ma`lum qilindi.





