Andijondagi ko`p qavvatli uydagi portlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi.
2019 yilning 4 dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon shahar 2-kichik dahada joylashgan ko`p qavatli uylarning birida yashovchi 30-yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o`rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yo`qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko`p miqdorda gaz to`planib chaqnashi oqibatida yong`in kelib chiqqan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Yong`in sabab mazkur ko`p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko`rgan hamda 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabr ko`rganlar orasida 3 nafar voega etmaganlar bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yo`q.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yong`indan uyning 4 ta xonadon zarar ko`rgani, 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilgani haqida xabar bergandik.Andijondagi ko`p qavvatli uydagi portlash to`g`risida qo`shimcha ma`lumot taqdim etildi
2019 yilning 4 dekabr kuni soat taxminan 14:05 da Andijon shahar 2-kichik dahada joylashgan ko`p qavatli uylarning birida yashovchi 30-yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida o`rnatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yo`qligi va nazoratsiz qolishi oqibatida ko`p miqdorda gaz to`planib chaqnashi oqibatida yong`in kelib chiqqan.
Yong`in sabab mazkur ko`p qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar ko`rgan hamda 11 nafar fuqarolar termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabr ko`rganlar orasida 3 nafar voega etmaganlar bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yo`q.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yong`indan uyning 4 ta xonadon zarar ko`rgani, 8 nafar fuqarolar kasalxonaga murojaat qilgani haqida xabar bergandik.