29-30 yanvar kunlari poytaxtimizdagi “Istiqlol” san`at saroyida ilk bor “Yil qo`shig`i” taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi, deya ma`lum qiladi 12news.uz nashri “O`zbeknavo” estrada birlashmasi matbuot xizmatiga tayangan holda.
bildirishicha, shu munosabat bilan Yoshlar madaniyat va san`at markazida taqdirlash marosimi ijodiy guruhining yig`ilishi o`tkazildi. Unda tadbir va konsert dasturi ssenariysi, qo`shiqlar ketma-ketligi, boshlovchilar chiqishlari, nomzodlarga beriladigan statuetka kabi masalalar muhokama etildi. Dasturdan asosan aynan 2014 yilda yaratilgan sara qo`shiqlar o`rin olishiga alohida e`tibor qaratildi.
“Yil qo`shig`i” taqdirlash marosimi yurtimiz san`at ahliga ko`rsatilayotgan yuksak e`tiborning yana bir amaliy ifodasi bo`lib, joriy yildan boshlab muntazam ravishda o`tkazilishi belgilangan. Kelgusida tadbir ijodiy guruhi yurtimizdagi turli radiostansiyalar hamda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi bilan hamkorlikda har oyning eng yaxshi qo`shig`ini aniqlab boradi va yil yakunidagi taqdirlash marosimida o`sha taronalar ijodkorlari ishtirok etadi.





