Oliy ta`lim muassasalari talabalari va akademik lisey hamda professional ta`lim muassasalari o`quvchilariga 2019-2020 o`quv yili qishki ta`til kunlari aniq bo`ldi.
Unga ko`ra ta`til davri 2019 yil 20 dekabrdan 2020 yil 6 yanvargacha etib belgilandi.
2019 yilning 22 dekabrida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga umumxalq saylovlari o`tkazilishi munosabati bilan talabalar va o`quvchilarning o`zi doimiy ro`yxatdan o`tgan yashash joyida ovoz berishlari uchun qishki ta`til muddati o`zgartirildi.
Bu haqda tegishli qaror O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari raisligida bo`lib o`tgan yig`ilishda qabul qilindi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarga ketadigan talaba va o`quvchilarning qishki ta`til paytida doimiy yashash joylariga borib-kelishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 5 dekabridan 22 dekabr kuniga qadar hamda 2020 yilning 1 dan 6 yanvariga qadar 50 % chegirma asosida yo`l chiptalari sotuvini yo`lga qo`yiladi.
Talabalar va o`quvchilar bugundan imtiyozli yil chiptalarini xarid qilishlari mumkin.
✅ “O`zbekiston temir yo`llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, Transport vazirligi tomonidan
👉 talaba va o`quvchilar uchun qo`shimcha joylar soni ko`paytiriladi;
👉 uch kun muddatda oliy ta`lim muassasalari rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan joylarda sayyor kassalar tashkil etiladi.
Qishki ta`til davomida OTMlar, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida mavjud bo`lgan barcha to`garaklar, sport-sog`lomlashtirish bo`limlari, seksiyalari va klublari to`liq faoliyat ko`rsatadi.
❗️2020 yil 6 yanvar - dushanba o`qishning birinchi kuni etib belgilandi.