1

Kasilyas faoliyatini qaerda davom ettiradi?

Sport 27.01.2015, 12:01
Kasilyas faoliyatini qaerda davom ettiradi?

“Real Madrid” darvozaboni Iker Kasilyas klub bilan shartnomasi yakunlangach, faoliyatini Amerikaning MLS ligasida davom ettirish istagi borligini aytib o`tdi.

- “Real Madrid” raqibi bo`ladigan jamoaga hech qachon o`tmayman. Ammo, jadal sur`atda rivojlanayotgan MLS ligasida o`z kuchimni sinab ko`rishim mumkin, - Kasilyas so`zlarini keltiradi The Wall Steet Joural.

Kelasi mavsumdan MLS ligasida Raul, David Vilya, Frenk Lempard kabi futbol ustalari to`p surishni boshlaydilar. “Madridliklar” safida 700 dan ortiq uchrashuv o`tkazgan Iker Kasilyas ham Amerikaga yo`l olishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, ispaniyalik posbonning “Real” bilan alamdagi shartnomasi 2017 yilga qadar mo`ljallangan.

SPORTS.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1