AsosiyDunyo

Butun umrini afg`onlar hayotini o`zgartirishga bag`ishlagan yapon yordam agentligi rahbari jangarilar tomonidan o`ldirildi

'Butun umrini afg`onlar hayotini o`zgartirishga bag`ishlagan yapon yordam agentligi rahbari jangarilar tomonidan o`ldirildi'ning rasmi

Chorshanba kuni Afg`oniston sharqidagi Jalolobod shahrida qurollangan shaxslar olti kishini,  shu jumladan Yaponiya yordam agentligi rahbari Tesu Nakamurani o`ldirdilar. Bu haqda Tarjimon.uz xabar bermoqda.

Tesu Nakamura Afg`oniston irrigasiyasi va qishloq xo`jaligini qayta tiklash bilan shug`ullangan. U yaqinda mamlakat sharqiy hududida olib borgan ko`p yillik insonparvarlik ishlari uchun Afg`oniston faxriy fuqarosi unvoniga ega bo`lgandi.Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe Tokioda bo`lib o`tgan matbuot anjumanida shunday dedi:  «Men uning bu tarzda o`lim topganidan hayratdaman. U xavfli muhitda turli ishlarni bajarish uchun o`z hayotini garovga qo`ygan va Afg`on xalqi undan juda minnatdor edi».

Bu hujum uchun javobgarlikni hozircha hech bir jangari guruh o`z zimmasiga olgani yo`q. Ammo  Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid o`zining guruhi bu otishmaga aloqador emasligini ta`kidlagan.

 «Afg`oniston hukumati afg`onlarning eng yaqin do`sti doktor Nakamuraga qilingan qo`rqoqlarcha va ayovsiz qilingan ushbu hujumni keskin qoralaydi. U butun umrini afg`onlar hayotini o`zgartirishga bag`ishladi»,  dedi Afg`oniston prezidenti vakili Sediq Sediqi.

 

    Boshqa yangiliklar