Rossiya Gruziya fuqarosining Berlindagi o`ldirilishini tergov qilishda yordam berganmi? Angela Merkel bu haqida qanday fikrda?

Dunyo 05.12.2019, 17:16
Rossiya Gruziya fuqarosining Berlindagi o`ldirilishini tergov qilishda yordam berganmi? Angela Merkel bu haqida qanday fikrda?

Germaniya Rossiya elchixonasining ikki xodimini Berlindagi Gruziya fuqarosining o`ldirilishi bo`yicha tergov bilan hamkorlik qilmayotganligi ma`lum bo`lgandan keyin mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi, dedi  Germaniya kansleri Angela Merkel. Bu xaqda Reuters xabar bermoqda.

«Men kelasi hafta Rossiya prezidenti bilan uchrashaman va unga bu xaqda xabar beraman», dedi Merkel London yaqinidagi NATO sammiti paytida.

«Bizni bunday qarorni chiqarishimizga, Rossiya tomonidan tergovga yordam ko`rsatilmaganligi sabab bo`ldi.»

Federal prokurorlar Gruziya fuqarosining o`ldirilishi ustidan nazoratni o`z qo`llariga olganlaridan keyin, Germaniya Rossiya elchixonasining ikki xodimini mamlakatdan chiqarib yubordi.

Germaniya prokuraturasi, Gruziya fuqarosini o`ldirilishi uchun Rossiya yoki Checheniston buyurtmasi borligi to`g`risida o`zlari etarli ma`lumotlarga ega ekanligini aytishmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1