AsosiySport

O`zbekiston terma jamoasi Belarusga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi

'O`zbekiston terma jamoasi Belarusga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi'ning rasmi

O`zbekiston terma jamoasi 2020 yilning fevral oyida Belarus terma jamoasi bilan o`rtoqlik o`yinida qatnashadi.

Belarus futbol federasiyasi rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, «oq qanotlilar» 23 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklaridagi yig`in doirasida O`zbekiston terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik o`yini o`tkazadi. Uchrashuv Dubay shahrida bo`lib o`tishi belgilangan.

Avvalroq Vadim Abramov klublardagi futbolchilarni bezovta qilmaslik uchun martgacha o`rtoqlik o`yinlari belgilanmagani, biroq klublarning qishki yig`inlarida nazorat o`yinlari tashkil etilishi mumkinligi haqida aytgandi.

    Boshqa yangiliklar