Rossiyaning Sberbank davlat bankiga qarashli bankomatlarning 80 %dan ortig`i o`zbek va tojik tillarida xizmat ko`rsatishni boshladi, deb xabar bermoqda Vedomosti.
“Naqd pul olish, hisobdagi pul-mablag`larni tekshirish hamda mobil aloqa vositalariga to`lovlar kabi xizmatlar bu tillarda ham taklif etilmoqda”, - deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
Bundan tashqari, bank ofislarida xorijiy fuqarolar orasidagi mashhur moliyaviy mahsulotlar, masalan debet karta kabi, taqdimotlari ingliz, o`zbek va tojik tillarida o`tkaziladi.
“Xorijiy fuqarolar bank mahsulotlari va xizmatlaridan faol tarzda foydalanishadi. Biz xizmatlarimizni mijozlarning ona tillarida taklif qilinishi ular va bank orasidagi munosabatlarni yanada yaqinlashtirishini angladik”, - dedi Sberbankning “Maxsus echimlar” divizioni direktori Aleksandra Altuxova.