Mahmud Murodov bugun UFC ESPN 7 musobaqasi doirasida Vashingtondagi Capital One Arena (AQSh) da bo`lib o`tgan jangda AQShlik Trevor Smit ustidan g`alabani qo`lga kiritdi.
Dastlabki daqiqalardan faol kurashni boshlagan Mahmud Murodov uchrashuv davomida ustunlik qildi va uchinchi raundda amerikalik jangchini nokautga uchratishdi. Zarba juda kuchli chiqdi, Trevor Smit bir muddat o`zini yo`qotdi. Hakamlar bir ovozdan o`zbekistonlik jangchini g`olib deb topishdi.
Shunday qilib Mahmud Murodov UFCdagi o`zining ikkinchi g`alabasini nishonladi. U shu yilning sentyabr oyi oxirida italiyalik sportchi Alessio De Kiriko bilan jangda birinchi g`alabasini qo`lga kiritgan edi.
29 yoshli Mahmud Murodov o`z faoliyatini 2012 yilda boshlagan, turli tashkilotlarda past darajadagi janglarda qatnashgan. 2019 yilda u eng nufuzli xalqaro aralash jang tashkiloti UFC (Ultimate Fighting Championship) bilan shartnoma imzoladi. Yaqinda mashhur bokschi, jahon chempioni Floyd Meyvezer bilan birga tushgan surati Instagramda e`lon qilingach M. Muradov ko`pchilikda katta qiziqish uyg`otgan. Floyd Meyvezer o`z postida o`zbekistonlik jangchini MMA tarixidagi eng yaxshi jangchi deb atagan.