Jazoir bosh prokuraturasi mamlakat hukumatining sobiq ikki rahbari Ahmad Uyaxiy va Abdulmalik Salloliyning har birini 20 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Ria Novosti muxbirining ma`lum qilishicha, sobiq bosh vazirlar davlat mablag`ini talon-toroj qilishda va o`zlariga yaqin bo`lgan tadbirkorlarga imtiyozlar berganlikda ayblanmoqda.
Shuningdek, bosh prokuratura mamlakatning bir necha sobiq vazirlariga ham ayblovlar e`lon qilgani aytilmoqda.