AsosiyJinoyat

Giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlagan fuqarolar qo`lga olindi

'Giyohvandlik moddalarini noqonuniy saqlagan fuqarolar qo`lga olindi'ning rasmi

Giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash fakti bo`yicha ikki nafar fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo`zg`atildi.

7 dekabr kuni taxminan soat 18.00 da Chilonzor tumanida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida gumon uyg`otgan 32 yoshli muqaddam sudlangan Aleksandr Sh. va 38 yoshli muqaddam sudlangan Ruslan R.lar to`xtatildi. Tekshiruv davomida ularning yonidan jami 47,16 gramm “gashish” topildi.

Ushbu holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

 

    Boshqa yangiliklar