1

Ruslanbek Davletov XXRdagi hamkasbi bilan uchrashdi

Siyosat 10.12.2019, 11:06
Ruslanbek Davletov XXRdagi hamkasbi bilan uchrashdi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi  O`zbekiston delegasiyasi XXR  adliya  vazirining taklifiga binoan shu kunlarda Xitoyda tashrifda bo`lib turibdi. Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad  9-10 dekabr kunlari Guanchjou shahrida bo`lib o`tadigan yuristlarning  “Ilmiy-texnik taraqqiyot va yuridik xizmatlar”  Global  forumidaishtirok etishdir. 

Tashrif doirasida  O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov va XXR  adliya vaziri Fu Chjenxua o`rtasida  uchrashuv bo`lib o`tdi.  Unda tomonlar o`zaro manfaatli bo`lgan barcha yo`nalishlarda hamkorlikni mustahkamlashning dolzarb  jihatlarini muhokama qildilar. 

Uchrashuvda, O`zbekiston-Xitoy  o`rtasidagi  adliyasohasidagi  munosabatlar,   ikki mamlakat rahbarlarining  uchrashuvlaritufayli yangicha rivojlanish tus olayotgani qayd etildi.  Masalan, 2018—2020 yillarda  O`zbekiston Respublikasi va XXR  adliya vazirliklari o`rtasida  yuridik xizmatlar sohasida  hamkorlik ko`rish bo`yicha Amaliy harakatlar  rejasi (“Yo`l xaritasi”) tasdiqlangani to`g`risida  kelishuv mavjud. Shu bilan birga xitoylik sarmoyadorlar vaishbilarmonlarga  huquqiy hamrohlik qilish  hamda  ijtimoiy-huquqiy  xizmat ko`rsatish bo`yicha  hamkorlikniyo`lga qo`yish maqsadida  “Bir kamar, bir yo`l”  loyihasi doirasida doimiy asosda muloqotlar  o`tkazish orqali O`zbekistonda Xitoyning yuridik  kompaniyasining filiallari  ochildi. 

Do`stona va konstruktiv muloqot ruhida bo`lib o`tgan uchrashuv chog`ida tomonlar O`zbekiston va XXR  hududlarida ikki davlat tadbirkorlari va fuqarolariga yuridik xizmatlar ko`rsatish, yuridik kadrlar, sud ekspertizasi, advokatura  vanotariat bo`yicha  kardlarni tayyorlash hamda huquqiy axborotlarnitarqatish bo`yicha o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishning muhim ahamiyatga egaligini  qayd etdilar.  Uchrashuvyakuni bo`yicha Toshkentda o`tganavvalgi  uchrashuvda  tasdiqlanganharakatlar rejasini birgalikda to`la amalga oshirish to`g`risidagi kelishuvga erishildi.

Ma`lumot uchun: Yuristlarning  “Ilmiy-texnik taraqqiyot va yuridik xizmatlar”  Global  forumi – XXR dagi ilk keng qamrovli tadbir bo`lib, u  Xitoy va xorijiy  yuridiktashkilotlar  o`rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash,  xorijiy mamlakatlarning adliya organlari bilan mavjud bo`lgan aloqalarni sifat jihatdan  yangi darajaga ko`tarishda  muhim ahamiyatga ega. 

Butunxitoyyuristlar  assosiasiyasining  ma`lumotlariga  ko`ra,  Global forumda  davlat  organlaridagiyuridik departamentlarning   600 nafardan ziyod yuristlari,  xodimlari, xalqaro  tashkilotlar vakillari va ekspertlar, jumladan 22 mamlakat adliya vazirlari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Adliya vazirligining 

jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1