AsosiyDunyo

Yo`qolib qolgan samolyot halokatga uchragani ma`lum bo`ldi

'Yo`qolib qolgan samolyot halokatga uchragani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

 

Bortida 38 kishini olib uchgan Chili harbiy samolyoti bilan aloqa yo`qolib qolgan edi. Samolyot Antarktikaga ketishda qulab tushgan. Bu haqda «RIA Novosti» Chili harbiy-havo kuchlariga asoslanib xabar bergani aytilmoqda.

Etti soatlik qidiruvlar natija bermaganidan so`ng Chili harbiy-havo kuchlari samolyot halokatga uchragan degan to`xtamga keldi.

«C130 Hercules» samolyoti 9 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:55 da parvoz qilgan, soat 18:13 da esa aloqa uzilib qolgandi. Samolyot Punto-Arenasdagi Chabunko bazasidan Antarktikadagi havo bazasiga uchgandi. Samolyot bortida 38 kishi bo`lgan: 17 nafari ekipaj a`zosi, 21 nafari yo`lovchi.

Chili harbiy-havo kuchlari bilan birga milliy va xalqaro samolyot va kemalar qidiruvga jalb etilgan. Ular aviahalokat yuz bergani ehtimolda tutilayotgan hududda tirik qolganlarni qidirmoqda.

«C130 Hercules» — AQShda ishlab chiqarilgan o`rta va uzoq masofaga parvoz qiluvchi harbiy transport samolyoti. AQSh va NATO hamda bir qator mamlakatlarning asosiy harbiy transport samolyoti hisoblanadi. Chili HHK ixtiyorida bunday samolyotlardan ettitasi bor.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar