AsosiyJamiyat

Putin va Zelenskiy ilk bor uchrashdi. Qaerda?

'Putin va Zelenskiy ilk bor uchrashdi. Qaerda?'ning rasmi

Hozirda Parij shahrida 4 mamlakat – Rossiya, Ukraina, Fransiya va Germaniya rahbarlari o`rtasida sammit o`tkazilmoqda. Bu yig`ilishda Ukraina sharqida tinchlikni tiklash masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, 9 dekabr, dushanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ushbu sammit sabab birinchi marta ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Ukraina va Rossiya o`rtasidagi munosabatlar 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan beri yomonlashgan. Shu paytgacha bu hududdagi mojarolar sabab 13 mingdan ortiq odam halok bo`ldi.

«Asosiy masala – bu Ukraina suverenitetini tiklash maqsadiga erishishimiz uchun ikki tomonning bir-biriga bo`lgan ishonchini mustahkamlash»,  – dedi Fransiya diplomatik manbasi.

Ko`plab ukrainaliklar Rossiya bilan murosa qilishni yoqlamaydilar. Ular Putinni Ukrainaga o`zining ta`sirini tiklashga intilayotgan tajovuzkor sifatida ko`rishadi. Shuningdek, ular Rossiyani Ukrainaning Evropa bilan yaqin aloqalariga putur etkazishidan xavotirda.

Boshqa yangiliklar