1

BMT Rossiya qo`shinlarini anneksiya qilingan Qrimdan olib chiqishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi

Dunyo 10.12.2019, 16:20
BMT Rossiya  qo`shinlarini anneksiya qilingan Qrimdan olib chiqishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi

BMT Bosh assambleyasi Rossiyani o`z qo`shinlarini bosib olingan Qrimdan olib chiqib, Ukrainaning vaqtincha bosib olishiga chek qo`yishga chaqiruvchi rezolyusiyani qabul qildi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

Bu haqda BMTning Ukrainadagi vakolatxonasi matbuot kotibi Oleg Nikolenko xabar berdi.

Xususan, rezolyusiyada shunday deyiladi:

• Rossiya Federasiyasidan qo`shinlarini anneksiya qilingan Qrimdan olib chiqib ketish va Ukraina hududini vaqtincha bosib olishni to`xtatish talabi;

• Rossiya Federasiyasiga Ukraina harbiy-dengiz kuchlari, «Berdyansk», «Nikopol» va «Yan Kapu» nomli uchta kemasidan musodara qilingan harbiy texnika va qurollarni qaytarib berishni so`rab murojaat qilish;

• 24 nafar ukrainalik dengizchi bo`yicha arznomaga ijobiy baho berildi va Rossiya Federasiyasida noqonuniy ravishda hibsga olingan barcha fuqarolarni Ukrainaga qaytarish maqsadida muzokaralarni davom ettirish zarurligiga urg`u berildi;

• Rossiya Federasiyasining Qrimda harbiy mashqlar o`tkazishi va u egallab olgan harbiy korxonalardan foydalanayotganligini qoralash;

• Ukraina yarim orolidagi yadroviy infratuzilmani suiiste`mol qilishga urg`u berish;

• Rossiya harbiy kuchlarining kuchayishi hamda Qora va Azov dengizlarida xalqaro navigasiyaga to`sqinlik qilish Ukrainaning qirg`oq mintaqalariga, xususan Donbassda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga salbiy ta`sir ko`rsatayotganligi to`g`risidagi faktlarni fiksasiyalash;

• xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va muassasalarga vaqtincha egallab olingan Qrimga tashrif buyurishni Ukraina bilan kelishmasdan turib amalga oshirishni tavsiya qilish.

Mazkur rezolyusiya uchun 63 ta mamlakat ma`qullab ovoz berdi, 19 tasi qarshi bo`ldi.

Nikolenkoning ta`kidlashicha, «Qrim Avtonom Respublikasi va Ukrainaning Sevastopol shahrini, shuningdek, Qora va Azov dengizlarining bir qismini harbiylashtirish muammosi» nomli hujjat 42 ta davlat, xususan Ukraina, EI, AQSh, Kanada, Turkiya bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

Eslatib o`tamiz, 8 noyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro sudi Ukrainaning Rossiyaga qarshi da`vosi ustidan sudlov yurisdiksiyasini tan oldi. Tashqi ishlar vazirligi buni Ukraina diplomatiyasi va ukrainalik yuristlarining g`alabasi va tarixiy lahza deb atadi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligida, endi o`z navbatida Rossiya tomoni terrorizmga qarshi kurashayotganini va aksincha uni moliyalashtirmayotganligini isbotlashi kerak bo`lishi xaqida tushuncha berib o`tildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1