AsosiySport

Zominlik MIB futbolchilari mutloq g`oliblikka erishdi

'Zominlik MIB futbolchilari mutloq g`oliblikka erishdi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi, viloyat futbol federasiyasi, viloyat sport boshqarmasi bilan hamkorlikda mini-futbol musobaqasi tashkil etildi.

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo`limlari xodimlari o`rtasidagi musobaqa O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan bo`lib o`tdi.

Bir necha kun davom etgan bellashuvlarda Zomin, Arnasoy, Forish va Sharof Rashidov tuman jamoalari musobaqaga puxta hozirlik ko`rganliklarini ko`rsatishdi va aynan ushbu jamoalar hal qiluvchi o`yinlarga qadar etib kelishdi.

Uchinchi o`rin uchun kechgan bahsda Forish tuman bo`limi Sharof Rashidov tumanidagi hamkasblaridan penaltilar seriyasidan keyin ustun kelgan bo`lsa, final o`yinida zominlik byuro xodimlari Arnasoy tumaniga imkoniyat qoldirishmadi.

Musobaqa so`ngida g`olib jamoalar va nominasiya bo`yicha eng yaxshilar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Boshqa yangiliklar