AsosiyJamiyat

DXX chegarada shubhali shaxsni qo`lga oldi

'DXX chegarada shubhali shaxsni qo`lga oldi'ning rasmi

DXX Chegara qo`shinlarining Andijon viloyati Xonobod shahridagi harbiy qismlaridan birida xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar harbiy qismni kuzatayotgan shubhali shaxsni payqab qolishdi, deya xabar bermoqda DXX

Shundan so`ng, bu holatga aniqlik kiritish maqsadida harbiy xizmatchilar tomonidan ushbu shaxs qo`lga olinib, DXX va Ichki ishlar idorasi xodimlari bilan hamkorlikda xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv o`tkazildi. 

Tekshiruv jarayonida bu shaxs 1993 yilda Qirg`iziston Respublikasining Jalolobod shahrida tug`ilgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan A.E. ismli shaxs ekanligi ma`lum bo`ladi. Uning yon cho`ntagidan 4,4 gramm miqdorda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar