AsosiyDunyo

General Motors Rossiyadagi barcha zavodlarini sotib yubordi

'General Motors Rossiyadagi barcha zavodlarini sotib yubordi'ning rasmi

AQShning General Motors kompaniyasi o`zining Rossiyadagi so`nggi aktivini sotmoqda. «AvtoVAZ» kompaniyasi GM-Avtovaz qo`shma korxonasidagi General Motors’ning 50 foiz ulushini sotib olmoqda. Xariddan so`ng GM-Avtovaz to`liq Rossiya kompaniyasiga aylanadi. Bu haqda «AvtoVAZ» kompaniyasi tomonidan ma`lum qilindi, deya xabar beradi Meduza.

Qayd etilishicha, qo`shma korxonaga tegishli zavod ma`lum vaqt davomida Niva Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarishni davom ettiradi.

Keyinchalik avtomobillar Lada brendi ostida ishlab chiqariladi, GM-Avtovaz kompaniyasining nomi esa o`zgartiriladi.

GM-Avtovaz Rossiya avtosanoatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi dastlabki korxonalardan biri bo`lgan.

Boshqa yangiliklar