AsosiyDunyo

Minskda O`zbekiston fuqarosining pulini o`margan 21 yoshli qiz qo`lga olindi

'Minskda O`zbekiston fuqarosining pulini o`margan 21 yoshli qiz qo`lga olindi'ning rasmi

Belarus huquq-tartibot xodimlari Minskda O`zbekiston fuqarosining pulini o`g`irlagan 21 yoshli qizni qo`lga oldi, deb xabar beradi «Pravda Gomel»ga tayanib Daryo.

Pervomaysk IIB vakili Ekaterina Dobrovolskayaning so`zlariga ko`ra, ushbu hodisa o`tgan hafta sodir bo`lgan. Mamlakatda qonuniy tarzda ishlab kelayotgan o`zbekistonlik klubda bir qiz bilan tanishib qolgan va uni uyiga taklif qilgan. Ertalab uyg`ongach esa 170 dollarga yaqin puli yo`qolganini ma`lum bo`lgan. Erkak qizga telefon qilib, muammoni yaxshilikcha hal qilishni taklif etgan.

Qiz pullarni qaytarishga va`da bergan va yana erkakning uyiga kelgan. Ertasi kuni esa uydan 19 ming rubl yo`qolgani ma`lum bo`lgan.

O`g`rilikda gumonlanayotgan qiz Gomelda milisiya xodimlari tomonidan qo`lga olingan. Uning yonidan o`g`irlangan pullar topilmagan. Qizning aytishicha, u pullarning aksar qismini qarindoshlarining kartalariga o`tkazib yuborgan, kiyim-kechak sotib olgan va taksiga sarflagan.

Ma`lumotlarga ko`ra, qiz sotuvchi bo`lib ishlaydi va bunga qadar jinoiy javobgarlikka tortilmagan.

Boshqa yangiliklar