Dushanba kuni Prezident Rajab Toyib Erdog`anning aytishicha, Turkiya Suriyaning shimoliy qismiga bir millionta Suriyalik qochoqni joylashtirishni maqsad qilmoqda. Bu haqda Tarjimon.uz xabar bermoqda.
Erdog`an, shuningdek, agar ittifoqchilar qo`llab-quvvatlamasa, Anqara bunga sarflanadigan xarajatlarni mustaqil ravishda moliyalashtirishini ham ma`lum qildi.
Hozirgi kunda Turkiyada 3,5 milliondan oshiq Suriyalik qochoqlar mavjud. Turkiya rasmiylari qochqinlarni boshqa joyga ko`chirish aynan qachon boshlanishini aytmagan.
Oktyabr oyida Turkiya va uning Suriyadagi ittifoqchilari kurdlarning YPG jangarilariga qarshi hujum uyushtirdi. Suriyaning ichida 120 km va Ras al Ayn shahridan Tel Abyadgacha 30 km masofagacha bo`lgan hududni qo`lga kiritgandan so`ng, Turkiya AQSh va Rossiya bilan ushbu hujumni to`xtatish bo`yicha alohida bitimlar imzolagandi.