Xurmo asrlar davomida arab dunyosining issiq va quruq mintaqalarida sivilizasiyalarning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhim rol o`ynagan. Chorshanba kuni Xurmo bilan bog`liq ma`lumotlar, urf-odatlar va amaliyotlar YuNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro`yxatiga kiritildi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.
Ildizlari tuproqqa chuqur kirib, qurg`oqchil iqlim sharoitida o`sishiga imkon beradigan daraxt nafaqat oziq-ovqat, balki iqtisodiy foyda manbai hamdir.Xurmo cho`l hududlarida turli xil zichlikda o`sadi. Bu daraxt tarqalgan hududda sug`orish uchun yaroqli suv mavjud bo`ladi.
Ya`ni, qaerda xurmo daraxti o`ssa, o`sha erda ziroatchilik qilish uchun sharoit bo`ladi. Natijada, bu odamzodga cho`ldagi og`ir sharoitlarga qaramay bu hududda yashashga imkon berdi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, xurmo, ehtimol, madaniylashtirilgan eng qadimiy daraxtdir. U miloddan avvalgi 4000 yilda Mesopotamiyada ibodatxona qurish uchun ishlatilgan.
Arab xurmosi mintaqaning ba`zi qismlarida boshpana yoki bir qator mahsulotlar, shu jumladan, qo`l mehnati bilan yasaladigan jihozlar, matraslar, arqonlar va mebellarni ishlab chiqarish uchun ishlatilgan va hozir ham ishlatilmoqda.






