1

1 yanvardan dorixonalarga lisenziya beruvchi vakolatli organ o`zgaradi

Jamiyat 13.12.2019, 11:19
Teglar: dorixona, 1 yanvar, lisenziya
1 yanvardan dorixonalarga lisenziya beruvchi vakolatli organ o`zgaradi

Ayni paytda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Prezidentimizning 2019 yil 9 dekabrdagi “Byurokratik to`siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga bag`ishlangan anjuman bo`lib o`tmoqda. 

Hujjatga ko`ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlari tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalariga berilada. Jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga lisenziya berish Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligiga o`tkazilmoqda.

Shuningdek, mazkur qarorda 2020 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 28 turdagi hujjatlarni fuqarolardan talab qilinishi, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari tomonidan ularning berilishiga yo`l qo`yilmasligi ham belgilangan. 2021 yil 1 yanvardan boshlab esa davlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo`linmalari o`rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko`rinishda shakllantiriladi va amalga oshiriladi.

Eslatib o`tamiz, Prezidentimizning 2019 yil 6 sentyabrda qabul qilingan  “Dori vositalari noqonuniy aylanishining oldini olish choralarini kuchaytirish to`g`risida”gi qarori bilan dori vositalari noqonuniy savdosining oldini olish, shifokor resepti bo`yicha beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shu jumladan, kuchli ta`sir qiluvchi moddalar ro`yxatiga kiritilgan dori vositalarining chakana savdosini tartibga solish, dorixonalarning faoliyatini yanada takomillashtirish bo`yicha qator muhim vazifalar belgilangan edi. Xususan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallaridan tashqari barcha dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning realizasiya (berish) jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida videoyozuvlarni saqlash tartibi joriy etilishi ko`zda tutilgan

Sharhlar

“So`g`diyona-W” va “Bunyodkor-W” OFK lisenziyalashidan muvaffaqiyatli o`tdi

14.01.2022, 20:26

Osiyo futbol konfederasiyasi talabi asosida har yili erkaklar jamoalari lisenziyalash jarayonidan o`tkazadi. O`zbekiston Osiyoda birinchilardan bo`lib ayollar jamoalarini ham lisenziyalashdan o`tkazishni yo`lga qo`ydi. Xususan, ortda qolgan...
Endi lisenziyalash "Lisenziya” axborot tizimi orqali elektron amalga oshiriladi

23.07.2021, 17:40

“Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.AOKAda “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bag`ishlangan matbuot...
Toshkentda yuziga tibbiyot niqobini kiygan shaxslar dorixonaga bosqinchilik qilishdi

04.12.2019, 19:32

2019 yil 21 noyabr kuni taxminan soat 01:10 larda, 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I.lar o`zaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1