Yangi yilni barchamiz intiqlik bilan kutamiz. Ayniqsa bolajonlarimizning xursandchiligi cheksiz. Sabab, ular yil davomida o`ylab qo`ygan orzulari ushalishi uchun Qorboboga maktub bitishadi.
Aziz bolajonlar! Orzularingiz ushalishini istaysizmi? Unda uchtepalik qorbobo sizning maktubingizni kutib qoladi. Ishoning, bizning qorbobomiz bu safar tumanimiz o`g`il-qizlariga alohida e`tibor berishga qaror qildi.
"Qorboboga maktub" Mana shu havolaga maktub yo`llang. Maktubda bu yil erishgan yutuqlaringiz va orzuingiz haqida yozib yuboring. Qorbobo va uning yordamchilari esa ushbu nomalardan eng saralarini tanlab, Sizning hohish-istaklaringizni ro`yobga chiqarmoqchi.
Maktublar 20 dekabrga qadar qabul qilinadi.






