AsosiyDunyo

Havo sifati ayanchli holatda

'Havo sifati ayanchli holatda'ning rasmi

Payshanba kuni Hindiston poytaxti Dehli zaharli tuman bilan qoplandi. Halokatli ifloslantiruvchi moddalar havoga to`planib qolgan. Bu holat kecha boshlangan edi.

Havo sifati indeksi 500 o`lchovli shkalada 400 dan oshdi. Bu sog`lom odamlarga xavf tug`diradigan va mavjud kasalliklarga jiddiy ta`sir ko`rsatadigan «og`ir» sharoitlar yuzaga kelganini anglatadi. Ushbu indeks qon oqimiga kirishi mumkin bo`lgan  ifloslantiruvchi modda-PM2. 5 ning miqdorini o`lchaydi. Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotiga ko`ra,  bunday ifloslantiruvchi moddalar mavjud havodan doimiy nafas olish o`pka saratoni kabi kasalliklarning rivojlanish xavfini tug`dirishi mumkin.

Favqulodda choralar rejasiga binoan,  hokimiyat g`isht fabrikalarini yopib qo`ydi va kun davomida barcha qurilish ishlarini to`xtatdi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, Dehli shahri havosining ifloslanishining 50 foizi avtoulovlardan chiqayotgan zaharli moddalar va sanoatda chiqarilgan tutunlar hisobiga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar