AsosiyDunyo

Tramp shvesiyalik 16 yoshli iqlim himoyachisini masxara qildi

'Tramp shvesiyalik 16 yoshli iqlim himoyachisini masxara qildi'ning rasmi

Payshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp Shvesiyalik iqlim himoyachisi 16 yoshli Greta Tyunbergni masxara qildi. Greta 11-dekabrda “Times” jurnali so`rovnomasiga ko`ra “Yil odami” deb topilgandi. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

“Juda bema`ni.  Greta o`zining g`azabini boshqarish bo`yicha ishlashi kerak,  keyin do`sti bilan eski modadagi yaxshi filmga borsin! Tinchlan Greta, tinchlan!  ” deb yozdi 73 yoshli Tramp Tvitterda.

Tyunberg bunga Tvitterdagi tarjimai holini yangilash bilan javob berdi:  «O`spirin o`zining g`azablanish muammosi ustida ishlayapti. Hozir do`stim bilan eski filmni ko`ryapman va tinchlanyapman” deb yozdi u.

Tramp jahon e`tiboriga tushgan yosh qizaloqni birinchi marta tanqid qilayotagni yo`q.  AQSh prezidenti Gretaning Sentabr oyidagi BMTda qilgan chiqishiga ham masxaraomuz munosabat bildirgan va o`z navbatida Greta ham bunga javob qaytargandi.

    Boshqa yangiliklar