Kecha, 12 dekabr kuni IIV JQBB bilan Andijon viloyati IIB JQB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda, Qorasuv shahrida giyohvand vositalarini o`tkazish jinoyati oldi olindi, deya xabar berdi Tergov departamenti
Fuqaro 25 yoshli A.K. umumiy og`irligi 1 kg. 15 gr. “opiy” giyohvandlik vositasini 6.100 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2019 yil 12 dekabr kuni A.K.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko`p miqdorda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va tergov jarayonida A.K. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan.
Hozirda ushbu jinoyat ishi bo`yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, giyohvandlik vositasini manbaini aniqlash choralari ko`rilmoqda.