Professional boksning super o`rta vazn toifasida harakat qilayotgan Bektemir Meliqo`ziev 14 dekabr, shanba kuni AQShda bo`lib o`tgan boks kechasida Von Aleksanderga qarshi ringga ko`tarildi.
Jang to`liq o`n raund davom etdi. Unda o`zbekistonlik bokschi hakamlar qaroriga ko`ra bir ovozdan (100:90, 100:90, 100:90) g`olib deb topildi.
Shu tariqa Meliqo`ziev WBA Continental Americas chempionlik kamarini qo`lga kiritdi. Bu prof boksdagi to`rtinchi janggini o`tkazgan Bektemir uchun to`rtinchi g`alaba bo`ldi. Meliqo`ziev bundan avvalgi uchta jangni nokaut bilan yakunlagandi.