AsosiyDunyo

Bitta linzasi tushib qolgan mashhur ko`zoynak 183 ming dollarga sotildi

'Bitta linzasi tushib qolgan mashhur ko`zoynak 183 ming dollarga sotildi'ning rasmi

Buyuk britaniyalik qo`shiqchi, afsonaviy The Beatles guruhi asoschilaridan biri Jon Lennoning dumaloq ko`zli ko`zoynagi kimoshdi savdosida 137,5 funt sterling (qariyb 183 ming dollar)ga sotildi. Bu haqda Sothebyʼs auksion uyiga asoslanib xs.uz ma`lum qildi.

Ko`zoynakni sotuvga The Beatles guruhining sobiq barabanchisi bo`lgan Ringo Starning haydovchisi Alan Xerring qo`ygan. Uning yangi egasi kim ekanligi ma`lum qilinmagan.

Lot izohida yozilishicha, Lennon ushbu ko`zoynakni 1966 yilda Richard Lesterning “Men urushda qanday engdim“ filmida rol ijro etishga tayyorlanayotgan paytda olgan. Xerringga esa u ikki o`tib kelib tushgan. Gap shundaki, musiqachi uni avtomobil o`rindig`iga tashlab ketgan.

Haydovchi linzalardan biri gardishidan tushib qolganini ko`rib qolgan. U egasiga ko`zoynakni ta`mirlab berishni taklif etganda, Lennon bu shunchaki obraz uchun kerak bo`lganini aytib, uni olmagan. “Men esa uni Jon qanday qoldirgan bo`lsa shunday saqladim“ deya haydovchi so`zlarini keltiradi kimoshdi uyi.

Boshqa yangiliklar