AsosiyDunyo

Chiqindilar ichidan topilgan ko`p miqdordagi xorijiy valyuta onkologiya shifoxonasiga berildi

'Chiqindilar ichidan topilgan ko`p miqdordagi xorijiy valyuta onkologiya shifoxonasiga berildi'ning rasmi

The Independent gazetasining yozishicha, Sufflok grafligidagi metall  chiqindilari omboridagi zanglagan seyf ichidan qog`oz pullar va tangalar chiqqan.Metall yig`ish bilan shug`ullanuvchi Sackers firmasi xodimlari ushbu eski seyf ichidan chiqqan 20 ming funt (24 ming evroga yaqin) pulni muhtojlarga berishga qaror qilishdi.

Ular dastlab topilmani polisiyaga berishgan, polisiya bu pullarning egasini qidirgan, ammo hech kim pulini so`rab kelmagan.

Shundan so`ng sud Sackers firmasini ushbu mablag` egasi deb e`lon qildi, ammo firmadagilar bu pullarni muhtojlarga berishga qaror qildi. Bu pullar onkologik bemorlar davolanadigan ikkita shifoxonaga taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar