Amerikada birinchi marta har yili Babycenter.com veb-sayti tomonidan o`tkaziladigan tadqiqotga ko`ra, ikkita arab va musulmon ismlar chaqaloqlarning eng yaxshi 10 ismi qatoriga kiritilgan. AQShda yashovchi musulmonlar soni oshib borar ekan, Muhammad va Aliya ismli yangi tug`ilgan chaqaloqlar soni ham ko`paymoqda.
2018 yilda Muhammad yangi tug`ilgan amerikalik o`g`il bolalar uchun eng ko`p qo`yiladigan ismlar ichida 14-o`rnini , Aliya esa yangi tug`ilgan qizlar uchun eng ko`p qo`yiladigan ismlar ichida 17-o`rinni egalladi.
Bu yil ikkala ism ham 2019 yildagi eng ommabop 10 ta nom sifatida e`tirof etildi.
«Muhammad dunyodagi bolalarga qo`yiladigan ismlar ro`yxatida Babycenter ro`yxati bo`yicha o`sib bormoqda, shuning uchun biz tez orada AQShning eng ko`p qo`yiladigan ismlar o`nligiga kirishini bilardik», dedi Linda Myurrey, Babycenter ning global bosh muharriri.
U qo`shimcha qildi: “Musulmon oilalar ko`pincha payg`ambarnining ismini to`ng`ich o`g`illariga qo`yishadi va bu bilan uning kelajakda yaxshi inson bo`lishiga umid qilishadi»