Sportchimizning Janubiy Koreyada o`tkazilgan jahon chempionati vaqtida topshirgan tahlilidan taqiqlangan metabolit moddasi topilgan.
Eslatib o`tamiz, Gulnor Sulaymonova 2018 yilgi Osiyo o`yinlarida oltin medal sohibasiga aylangandi. O`zbekiston kurash assosiasiyasi matbuot xizmatining www.olamsport.com sayti muxbiriga ma`lum qilishicha, ushbu jazoning o`tgan yilgi muvaffaqiyatga aloqasi yo`q.
Sulaymonovadan tashqari shuningdek -60 kg vaznli kurashchimiz Abror Jabborov ham doping sabab 2 yilga diskvalifikasiya qilindi.
Sportchilarimizning Janubiy Koreyadagi jahon chempionatida qayd etgan natijalari bekor qilindi.






