AsosiyJamiyat

Shuhrat G`aniev: “Otamning hayotini o`zimga ideal qilib olganman”

'Shuhrat G`aniev: “Otamning hayotini o`zimga ideal qilib olganman”'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, kecha Farg`ona viloyati hokimi Sh. G`aniev bilan ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Mazkur uchrashuvda Shuhrat G`aniev bolaligi hamda qiziqishlari haqida ham so`zlab berdi:

– Marg`ilonda ziyoli oilada tug`ilib katta bo`lganman. Oilada 7 nafar farzandmiz. Dadam tibbiyot xodimi bo`lib, yaxshi jarroh edilar.

Momomning bergan tarbiyasi va o`gitlari hayotimda muhim poydevor bo`lgan desam, sira adashmayman. U kishi 98 yoshga kirib, vafot etgan.

Rostini aytsam hali maktabga bormasdan turib, mumtoz adabiyotni momomdan o`rganganman. U kishi va dadam juda ham bilimli edilar. Boborahim Mashrab, Fuzuliy, Hisrav Dehlaviy, Anbar Otin, Uvaysiy, Nodirabegim va boshqalarning she`riyatiga bolaligimdan boshlab juda ham qiziqqanman. Otamning hayotini o`zimga ideal qilib olganman.

Bilim olishni, yaxshi kasbni egallashni orzu qilardim. Oilamizdagi barcha farzandlar oliy ma`lumotli bo`lib, bugun vatan ravnaqi yo`lida mehnat qilishmoqda.

Inson o`zi uchun emas boshqalar uchun ham xizmat qilishi, ayniqsa, zimmasiga yuklatilgan mas`uliyatni his etib faoliyat olib borishi og`ir yumush. Asosiysi, orzularga, ko`zlangan maqsadlarga etishish uchun tinmay mehnat qilish kerak, — deydi viloyat hokimi deya, uning so`zlarini keltirgan O`zA.

Boshqa yangiliklar