Urgut hokimi oilasi bilan qish faslida aholining hayotini his qilish uchun bir tun tog`li qishloqda qoldi (foto)

Jamiyat 17.12.2019, 10:25
Teglar: Qishloq, hokim, Urgut
Urgut hokimi oilasi bilan qish faslida aholining hayotini his qilish uchun bir tun tog`li qishloqda qoldi (foto)

Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiev o`z oilasi bilan qish faslida tog`li hududda yashayotgan aholining turmush tarzini o`rganish, qish faslida qishloq ahli hayoti, oddiy kun kechinmalarini o`z ko`zi bilan ko`rish, his etish uchun bir tun qishloqda mehmon bo`ldi, deya xabar berdi O`zA.

Tuman hokimi ikki nafar farzandi va turmush o`rtog`i bilan tumanning eng chekka tog`li qishlog`i Soyg`o`sda qish fasli hayoti bilan yaqindan tanishdi.

Soyg`o`s mahallasi tumanning eng chekka tog`li hududi oxirgi qishlog`i hisoblanadi, bu erda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

“Qishloq ahli odamlariga ta`zim qilaman. Meni va oilamni samimiy, yurakdan qabul qilganlari uchun. Qishloqlarda muammolar ham etarli, hokimlikning bu erlarda amalga oshiradigan ishlari talaygina. Qishloq ahli bilan kengashib, o`zim bajarishim kerak bo`lgan ishlar chora-tadbirlarini belgilab oldim. Rejalar tuzdim.

Xalqqa yaqinlik odamni o`zligiga, ezgulikka chorlaydi. Sandal atrofida bobolar bilan qishloq tarixi, buguni, kelajagi haqida uzun suhbatlar qurdim. Bolalarimga ham o`zimning shunday kechgan yoshligim haqida so`zlab berdim. Qishloq xalqi boshqacha, ularning fazilatlarini ta`riflashga til ojiz, buni yurakdan his qilish kerak“, deydi Urgut tuman hokimi.

 

Sharhlar

"Ko`rib tomosha qil, mana boshlandi" — urgutlik ayol yosh bolasini shafqatsizlarcha kaltakladi (video)

26.12.2022, 10:11

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanining Vatak mahallasida ayol yosh bolasini shafqatsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Xabarda qayd etilishicha, ayolning qaynonasi kelini hali yosh nevaralarini doimiy ravishda qattiq...
20 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushib qamalgan hokim o`rinbosari Farg`ona viloyati hokimligida ish boshlagani rad etildi

17.12.2022, 10:55

Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib,  ozodlikdan...
Andijondagi qishloq aholisining yarim asrlik muammosi hal bo`ldi (foto)

25.09.2022, 23:06

Avvallari farzandlarini boshqa qishloqdagi  bog`chalarga olib borib sarson bo`lgan qishloq aholisining  endi o`z hududida 100 o`rinli zamonaviy maktabgasa ta`lim tashkiloti  bor.Ma`lum qiilinishicha, Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonalari...
"Etti uxlab tushimga kirmagan edi". Tasodifan Erkinjon Turdimov qabuliga borgan yigitning orzulari kutilmaganda amalga oshdi

10.09.2021, 11:05

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati hokimi sayyor qabuliga borgan fuqaro va ularning samimiy suhbati aks etgan video keng tarqaldi.Mazkur videoda imkoniyati cheklangan fuqaro oʻziga nogironlik aravachasi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1