Rasmiy tashrif bilan Nagoya shahrida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuvda Nagoya meriyasi delegasiyasining O`zbekistonga tashrifi natijasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Poytaxtimiz Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta`lim, turizm va boshqa ustuvor yo`nalishlarda innovasion loyihalarni amalga oshirish shular jumlasidan.
2020 yilga mo`ljallangan qo`shma tadbirlar "yo`l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Uchrashuv so`ngida Toshkent hokimligi va Nagoya meriyasi o`rtasida Sheriklik to`g`risida bitim imzolandi.
Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha Yaponiyaga jo`nab ketgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoev 17 dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil - Nagoya shahriga keldi.
Tyubu xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Sinichi Nakatani, Nagoya shahri meri Takasi Kavamura va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari bugun boshlandi.