AsosiyDunyo

2012 yildan buyon davlatning 30 ga yaqin harbiylari IShID tarafiga borib qo`shilgan

'2012 yildan buyon davlatning 30 ga yaqin harbiylari IShID tarafiga borib qo`shilgan'ning rasmi

2012 yildan buyon Suriya va Iroqdagi «Islomiy davlat»ga 30 ga yaqin fransuz xarbiylari borib qo`shilgan. Bu xaqda AFP va Le Figaro ixtiyorida bo`lgan, Fransiyaning terrorizmni o`rganish Markazi (CAT) tomonidan shu hafta oxirida e`lon qilinishi kerak bo`lgan ma`ruzada qayd etib o`tilgan, deya xabar bergan Tarjumon.

Ma`ruzada, Frans Press agentligining (AFP) ta`kidlashicha, IShID safiga qo`shilishga qaror qilgan 23 nafar fransuz askarining taqdiri haqida hikoya qilinadi. Le Figaroma`lumotlariga ko`ra, ulardan 10 nafari desant va dengiz piyodalari bo`lib, Xorijiy legionlarda va elita bo`linmalarida xizmat qilgan. Qolganlari asosan quruqlikdagi kuchlardanligi aytilmoqda.

Harbiy xizmatchilarning taqdiri turlicha. Ba`zilari jangarilar safiga qo`shilish uchun xizmat qilish uchun borishgan. Boshqalar armiyada xizmat qilish paytida yoki undan keyin shunday qarorga kelishgan. Ba`zilari, AFP ta`kidlashiga ko`ra, dezertir bo`lishgan va musulmonlarga qarshi kurashishdan bosh tortishgan.

Le Figaro, Sharantada yashovchi Fransiya g`arbidagi departamentidan «Yunus dezertir» laqabli Boris V.ni misol qilib keltiradi. U «jihodchilar» tarafidan turib foydalanish uchun tajriba orttirish maqsadida havo-desant qo`shinlariga xizmatga borgan. Boshqa yana bir fransuz askari Ervan J., aksincha, fransuz elita desant bo`linmalarining birida xizmat qilgan paytida radikallashgan ekan. U 2013 yilda Suriyaga jo`nab ketgan, keyin Fransiyaga qaytib kelgan va 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Ma`ruzada ta`kidlanishicha, harbiylarning ma`lum bir qismi harbiy tajribalari tufayli IShIDda muhim lavozimlarga ega tayinlanishgan.

Hujjatda shuningdek, hozirgi paytda Fransiya hukumati mingga yaqin radikallashgan yoki harbiy radikallashishga moyil bo`lganlarning taqdirini kuzatayotgani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar